Kontent qismiga oʻtish

Adrián

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adrian (futbolchi)dan yoʻnaltirildi)
Adrián
Adrián warming up for Liverpool in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adrián San Miguel del Castillo[1]
Tavallud sanasi 3-yanvar 1987-yil (1987-01-03) (37 yosh)[2]
Tavallud joyi Seville, Spain[3]
Boʻyi 1.90 m[4]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Betis
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Altair
1998–2006 Betis

Adrian San Migel del (ispancha: Adrián San Miguel del Castillo) 1987-yilning 3-yanvarida tavallud topgan.  Adrian nomi bilan mashhur ispaniyalik futbolchi Angliyaning „Liverpool“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Ispaniyaning „Real Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi.

Andalusiyaning Sevilya shahrida tugʻilgan Adrian bolaligida hujumchi va chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan, keyinchalik 10 yoshida darvozabon sifatida oʻz faloiyatini davom ettirgan. Shuningdek, Adrian „Real Betis“ klubi akademiyasida shu jumladan, klubning uchinchi va ikkinchi tarkiblarida ham oʻyin yuritgan.

2008-yilda Adrian „Alkali“ klubidan shartnoma orqali kiritilgan va buning uchun 5 ta oʻyin oʻtkazgan, keyingi yili esa „Utrera“ klubida shartnoma asosida oʻyin olib borgan.

2011-2012-yilgi mavsumda „Betis“ning asosiy jamoasiga kiritildi, ammo 2011-yilning noyabr oyida baxtsiz hodisa tufayli tizzasining xoch ligamentlaridan ogʻir jarohat oldi, soʻngra shu sababli olti oyni oʻtkazib yubordi.

2012-yil 29-sentyabrda Adrian La Ligadagi debyutining „ Malaga“ga qarshi o‘tkazadi va „Betis“ darvozaboni Kasto 10-daqiqada qizil kartochka olib  „Salvador Agra“ ga zaxiradan maydonga tushadi. Ozchilik boʻlishgani uchun Real Betis toʻrtta javobsiz gol oʻtkazib yuboradi. Keyinchalik Adrian“ klubning asosiy jamoasiga yoʻl oladi. Oʻsha yilning 24-noyabrida „Real Madrid“ ga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Umuman olganda, 2012-2013-yilgi mavsumda Adrian chempionatda „Betis“ uchun 32 ta oʻyin oʻtkazdi va ulardan11 tasida oʻz darvozasini ishgʻol qilishni uddaladi va „Real Betis“ mavsumni La Ligada 7-oʻrinda yakunladi va Yevropa Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishni uddaladi.

2013-yil 5-iyunda Adrian Angliyaning „Vest Xem United“ klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va klub bilan yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning 15-avgustida Adrian „Leicester City“ga qarshi oʻyin oxirida burchak toʻpidan keyin Jamie Vardyga qoʻpollik qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi. „West Ham“ bu vaqtga qadar uchta almashtirishni ham amalga oshirganligi sababli, Carl Jenkinson jamoa darvozasidan joy oldi. 2015-yilning oktyabr oyida Adrian klub bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi va uni ikki yilga uzaytirishi ham mumkin edi.

2019-yil 5-avgustda esa Liverpool“ga koʻchib oʻtadi soʻngra, 9-avgust kuni „qizillar“ safida debyut qildi va  „Norvich City“ga qarshi Premer-liga oʻyinida maydonga tushdi va jarohat olgan Alissonning oʻrniga maydonga tushdi. Debyutda Adrian „Norvich“ hujumchisi Teemu Pukkidan gol oʻtkazib yubordi. 2019-yil 14-avgust kuni UEFA Superkubogi uchun Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasida Tommy Abrahamning zarbasini qaytardi va mersisaydliklarga g‘alaba keltirdi.

2013-yilda Adrian FIFA tomonidan tan olinmagan Andalusiya jamoasida oʻynadi.

2016-yilning 26-avgust kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Adrianni Belgiya va Lixtenshteynga qarshi oʻyinlar uchun tarkibga kiritdi. Ikkala oʻyinda ham ispaniyaliklar darvozasini David de Xea himoya qildi va Adrian bu uchrashuvlarni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi. 

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol
Betis C 2006-2007 13 0 13 0
2007-2008 10 0 10 0
Jami 23 0 23 0
Betis B 2007-2008 3 0 3 0
2008-2009 14 0 14 0
2009-2010 12 0 12 0
2010-2011 22 0 2 0 24 0
2011-2012 11 0 11 0
Jami 62 0 2 0 64 0
Alkala 2007-2008 5 0 0 0 5 0
Utrera 2008-2009 13 0 0 0 13 0
Real Betis 2012-2013 32 0 0 0 32 0
Vest Xem Yunayted 2013-2014 20 0 1 0 5 0 26 0
2014-2015 38 0 4 0 0 0 42 0
2015-2016 32 0 0 0 1 0 3 0 36 0
2016-2017 16 0 1 0 1 0 1 0 19 0
Jami 106 0 6 0 7 0 4 0 123 0
Jami 241 0 6 0 7 0 6 0 261 0
  1. „Updated squad lists for 2022/23 Premier League“. Premier League (2023-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  2. „FIFA Club World Cup Qatar 2019: List of Players: Liverpool FC“. FIFA (2019-yil 5-dekabr). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  3. „Adrián“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  4. „Adrián: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL (2019-yil 16-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  5. „Games played by Adrián in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
  6. „Games played by Adrián in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
  7. „Games played by Adrián in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  8. „Games played by Adrián in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.